22:42 / 21.10.2019
3 242

Xitoy boylar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi

Xitoy boylar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Foto: Global Look Press/Wang Gang
Shveysariyaning Credit Suisse banki tadqiqotiga ko‘ra, ilk bor xitoylik boylar soni amerikalik boylar sonidan oshib ketgan.
Xitoy birinchi bor boylar soni bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi. Ekspertlarning hisoblashlariga ko‘ra, Xitoyda boylar soni 100 mln kishidan ortiq, AQShda esa 99 mln kishi.

Ammo shunga qaramay, Xitoy millionerlar soni bo‘yicha AQShdan ortda. Xitoyda boyligi 1 mln dollardan ortiq kishilar 4,4 mln nafar bo‘lsa, AQShda bu raqam 18,6 mln kishini tashkil etadi.
Butun dunyo bo‘yicha esa boyligi 1 mln dollardan ortiq kishilar 2019 yilning ikkinchi yarmi holatiga 46,8 mln nafarni tashkil etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy boylar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi