date

Germaniyaning Ukrainaga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yordamida «milliardlik bo‘shliq»: va’dalar va haqiqat

Germaniyaning Ukrainaga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yordamida «milliardlik bo‘shliq»: va’dalar va haqiqat
Yevropaning eng katta iqtisodi hisoblangan Germaniya harbiy va moliyaviy yordam masalasida yana bir bahsli vaziyatda qoldi. Bu yil Berlin mudofaa budjeti kutilmaganda Ukraina uchun ajratilgan deyarli 1 milliard yevroni yo‘qotdi – bu haqda Bild nashri hamda davlat rasmiylari ma’lum qilmoqda.

Bir necha hafta avval mudofaa vaziri Boris Pistorius katta shov-shuv bilan Ukrainaga 2025 yil uchun 9,2 milliard yevro ajratilishini ma’lum qilgandi. Ammo 24 iyun kuni e’lon qilingan budjet loyihasida bu ko‘rsatkich 8,3 milliard yevroga tushirildi. Ya’ni, qariyb 900 million yevro «qani?» degan savol tug‘ildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mablag‘ ikki qismga bo‘lingan: 7,3 milliard yevro allaqachon tasdiqlangan, yana 1,9 milliard yevro rejalashtirilgan. Biroq Mudofaa vazirligi bu qo‘shimcha mablag‘lar ham oldindan umumiy summaga kiritilganini bildirdi. Aytishlaricha, farq Yevropa tinchlik jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri keladi — ya’ni, u pullar kelishi aniq, ammo hali rasman budjetda yoritilmagan.

Bu esa Bundestagda (Germaniya parlamenti) norozilik va sarosimani keltirib chiqardi. «Yashillar» partiyasi rahbari o‘rinbosari Sebastyan Shefer bu holatni qator savollar bilan qarshi oldi: “Vazirlik bu mablag‘larni qayerdan va qanday olayotgani mutlaqo noaniq. Ukrainaga so‘zda emas, amaliy yordam kerak”, — dedi siyosatchi.

12 iyun kuni Germaniya Ukrainaga qurol xaridi uchun qo‘shimcha 1,9 milliard yevro ajratishini ma’lum qilgandi. Bungacha Pistorius Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun bu yilgi yordam 7 milliard yevrodan oshib ketishini aytgan. Ammo hozircha amaldagi summalar va kelgusi rejalar o‘rtasida jiddiy farq bor.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Ukraina uchun ajratilgan yordamning real yetib borishiga ko‘p omillar ta’sir qiladi: Yevropa Ittifoqi va Germaniya ichki siyosiy tortishuvlar, moliyaviy manbalarning real taqsimoti va moliyalashtirishning kechikishi. Mudofaa vazirligi esa barcha jarayonlarni tez va samarali yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.

Hozirgi sharoitda Ukraina uchun har bir yevro muhim ekani, Germaniyaning esa o‘z siyosiy va moliyaviy pozitsiyasida aniqlik kiritishga to‘g‘ri keladi. Chunki frontdagi vaziyat murakkab va yordamning real yetib borishi, boshqa ittifoqdoshlar e’tirozi fonida, aynan Berlinning qat’iyligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Shunday sharoitda Germaniya mudofaa budjeti atrofidagi «milliardlik bo‘shliq» nafaqat moliyaviy raqamlar, balki Yevropa xavfsizligining kelajagiga oid jiddiy savollar uyg‘otmoqda. Mavzu kun tartibidan chiqmaydi, bu muammo Yevropa va xalqaro jamoatchilik e’tiborida yana uzoq vaqt qolishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyaning Ukrainaga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yordamida «milliardlik bo‘shliq»: va’dalar va haqiqat