14:33 / 27.10.2019
4 051

Sigir go'ngi yadroviy nurlanishdan saqlashi aniqlandi

Sigir go'ngi yadroviy nurlanishdan saqlashi aniqlandi
Hindistonlik bir harbiy ofitser o‘zining Twitterdagi sahifasida sigir go‘ngi odamlarni yadro nurlanishidan himoya qilishi mumkinligini va hatto buni NASA ham isbotlaganini da’vo qildi.

Hindistonlik harbiyning bayonoti ijtimoiy mediada katta e’tibor qozondi va hatto Xizmatlararo jamoatchilik bilan aloqalar (ISPR) bosh direktori general-mayor Asif G‘afur ham uning fikrini ma’qulladi.

Ofitser Nagpurga bomba tashlash bo‘yicha mashg‘ulotlarga borganida, AQSh o‘z aholisini yadro radiatsiyasidan himoya qilish uchun markazlar qurgani haqida aytadi. Ularga qarshi tarafda jang qilgan ushbu ofitser sigir go‘ngining bunday foydali tomonini o‘zi sinab ko‘rgan.

Ofitserdan Hindiston va uni yadroviy nurlanishdan qanday qutqarish mumkinligi haqida so‘rashganida u “Xandaq qazing, ustiga taxta va barg qo‘ying, so‘ngra 1,5 futlik sigir go‘ngini taxlab chiqing. Bu Hindistonni yadro nurlanishidan himoya qila oladi",- deb javob berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sigir go'ngi yadroviy nurlanishdan saqlashi aniqlandi