14:40 / 13.11.2019
20 201

Dunyodagi eng hashamatli uylarning TOP-5 ligi (foto)

Dunyodagi eng hashamatli uylarning TOP-5 ligi (foto)
Bugungi shiddatli texnika asrida odamzot faqat qulayliklar sari intilib yashaydi. Yaxshi ish, yaxshi mashina, so‘nggi modeldagi mobil telefon va hokazolardan tashqari, albatta, inson o‘zining shinamgina uyi bo‘lishini xohlaydi. Dunyoda shunday uylar ham borki, ularga tashrif buyurgan mehmonning ketgisi kelmay qoladi.

Quyida jahonning eng chiroyli deb topilgan uylarining Top5 ligini sizga havola qilamiz:

5. Filfird havzasi - ushbu majmua dunyoning eng chiroyli manzillaridan biri bo‘lib, u AQShda joylashgan. Bu uy Qo‘shma Shtatlarning eng arzon, lekin eng ko‘p tantanalar o‘tkaziladigan joyi sifatida nom qozongan. Filfird havzasi o‘zini bir qancha qulayliklari bilan mashhurdir. Jumladan u yerda tennis maydonchasi, bouling o‘yini uchun zal, bir qancha yotoqxonalar va basketbol maydonchasi mavjud. Uning maydoni 63 akr bo‘lib, dunyodagi eng shoh asarlar ham o‘sha yerda saqlanadi.

4. Hearst Mansion - bu uy Los-Anjelesning Beverli tepaliklari saroyida joylashgan bo‘lib, ushbu bino o‘zining joylashish o‘rni va judayam ajoyib qilib jihozlangan ikki-uchta suzish havzalari borligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi hamda tennis maydonlari bilan dunyoga mashhurdir. Sifatiga yarasha, narxlari ham anchagina yuqori hisoblanadi.

3. Villa Leopolda - bu bino Fransiya Qiroli Leopold tomonidan qurilgan bo‘lib, uning nomiga atab qo‘yilgan. Villa Leopold dunyoda qirollik qal’alari ichida mashhurligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi.

2. Pentxaus - bu ulkan bino o‘zining chegarasiz hududi va betakror go‘zalligi bilan shuhrat qozongan. London markazida joylashgan ushbu hashamatli uy 200 million dollarga baholanadi. Pentxausning mashhurligi dunyoning noyob sharoblarini tatib ko‘radigan xonalari, qo‘rqinchli manzara hosil qiluvchi xonalari, o‘q o‘tkazmaydigan oynalari va boshqa ko‘plab qulayliklari bilan bog‘liqdir.

1. Antiliya - ushbu ko‘rkam bino Hindistonnning eng boy tarmoqlaridan biri "Reliance Industries Limited"​ ning direktori Mukesh Ambaniga tegishlidir. Antiliya turar joy majmuasi Shimoliy Mumbayda joylashgan va bugungi kunda dunyoning eng chiroyli binolari o‘ntaligiga kiritilgan. Ushbu turar joy majmuasi 600 kishilik xodimlar jamoasiga ega bo‘lib, bu xodimlar uning tozaligiga juda mas’uliyat bilan yondashishadi. Uy sohibi aynan shu yerda rafiqasiga samolyot sovg‘a qilgani ham ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng hashamatli uylarning TOP-5 ligi (foto)