Foto: Mash
Ukrainaning “Kvartal-95” shousi mualliflari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Moskvada yashovchi Umid Isaboyevga taklif bilan chiqishdi. Avtobo‘yoqchi bo‘lib ishlovchi Isaboyev Mash nashriga bergan intervyusida u bilan shou rahbarlaridan biri – Yevgeniy Koshevoy telefon orqali bog‘langanini ma’lum qilgan. Ushbu shouda o‘z vaqtida Zelenskiy boshlovchilik qilgan. Uning sobiq hamkasbi Isaboyevga birgalikda ko‘rsatuvlar olib borishni taklif qilgan.
“Menga videoqo‘ng‘iroq bo‘ldi. Qarasam, Ukraina raqami. Narigi tomonda esa, ko‘rinishicha, Yevgeniy Koshevoy edi. U menga “kel seni o‘zimizga olsak, bizga qo‘shil”, deb aytdi. “Kvartal-95”ga. Birga ishlaymiz, dedi. Koshevoy bilan ko‘rsatuvlar olib borish, odamlarga kulgu ulashish maqsadida”, deb ma’lum qildi Umid.
Isaboyevning ta’kidlashicha, uning jurnalistlarga bergan ilk intervyusidan keyin unga kinoda ishtirok etish takliflari bildirilmoqda. Jumladan, Umidga Rossiya serialida Ukraina prezidenti rolini o‘ynash taklif qilingan va ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda bu borada shartnoma imzolanadi. Biroq “Kvartal-95”dan tushgan taklif hisobga olinsa, Zelenskiyning qiyofadoshi oldida murakkab tanlov turibdi. Umidning ayishicha, uning o‘zi “Kvartal-95”da ishlab ko‘rishni istaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi