Foto: turmush.kg
Qirg‘iziston - Tojikiston davlat chegarasining bir qismida, 9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi navbatdagi keskin vaziyat kuzatildi.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, 9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyatining Jaka-Oruk hududida noma’lum shaxslar Botken shahriga ketayotgan Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli avtomobilni toshbo‘ron qilishgan. Noma’lum shaxslar Tojikiston hududida yashirindi.
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, mashinada bo‘lganlar orasida jabrlanganlar bor. Avtomobilning orqa va yon oynalari sinib ketgan.
Oradan taxminan bir soat o‘tgach, Kocho-Qorin hududida Tojikiston fuqarolari Botkendan Ko‘k-Tosh qishlog‘iga qarab ketayotgan yana bir Qirg‘iziston fuqarosining mashinasiga tosh otishgan. Natijada, mashinaning old oynasi singan.
Taxminan soat 02:40larda Tojikiston fuqarolari Dahma aholi punktida Qirg‘iziston fuqarosining uyini toshbo‘ron qilishgan. Chegarachilar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birga Qirg‘iziston fuqarosining uyiga yo‘l olishgan vaqtda, Tojikiston hududidan kichik kalibrli ov miltig‘i orqali o‘qqa tutilganlar. O‘q otish orada uzilishlar bilan kuzatilgan, o‘qlar faqat tojikistonliklar tomonidan otilgan.
Botken viloyatida joylashtirilgan chegara bo‘linmalari kuchaytirilgan rejimda xizmat olib bormoqda.
Keyinchalik, mahkamaning xabar berishicha, Qirg‘iziston - Tojikiston davlat chegarasi qismida vaziyat keskinlashuv elementlari bo‘lgan holda, nisbatan barqaror bo‘lib turibdi.
Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi nazorat-o‘tkazish punktlari odatiy rejimda ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi