Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi. Bu haqda sobiq prezident advokati Zamir Jooshev ma’lum qilgan.
Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, sud Atambayevni hibsda saqlash muddatini ikki oyga, ya’ni 2020 yil 15 martgacha uzaytirgan. Navbatdagi sud jarayoni 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 9 avgust kuni hibsga olingan. Atambayevga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) «Alfa» maxsus kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Usenbek Niyazbekovni o‘ldirishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 7 avgustda Qirg‘iziston Maxsus kuchlari Atambayevning Qo‘ytoshdagi qarorgohiga korrupsiya ayblovi asosida hujum qilishgan edi. Hujum natijasida 36 kishi tan jarohati olgan va bir askar halok bo‘lgan edi. Mazkur voqea ortidan Qirg‘iziston sobiq prezidentiga qotillik ayblovi ham tirkalgan.
Ikkinchi hujum 8 avgustda amalga oshirilib, Atambayev xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.
Bu hibsda saqlash muddatining ilk bor uzaytirilishi emas. Bundan oldin ham Qirg‘iziston sudi qamoq muddatini 26 oktabrgacha belgilagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi