08:53 / 10.02.2020
2 862

Eron orbitaga sun’iy yo‘ldosh chiqardi

Eron orbitaga sun’iy yo‘ldosh chiqardi
Eron Simorgh (Semurg‘) raketa-tashuvchisi yordamida Zafar sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Bu haqda 9 fevralda IRIB telekanali xabar berdi.
Raketaning uchirilishi va barcha tayyorgarlik jarayoni hech qanday ko‘ngilsizliklarsiz o‘tgan. Raketa Imom Humayniy nomidagi kosmodromdan uchirilgan.

Biroq startdan biroz o‘tib, sun’iy yo‘ldosh belgilangan orbitaga yetish uchun kerakli tezlikka erisha olmagan. Dastlab sun’iy yo‘ldoshni 530 km balandlikka chiqarish rejalashtirilgandi.

Qurilma foydali qazilmalar izlash, o‘rmonlar holatini baholash va ehtimoliy tabiiy ofatlarni kuzatish uchun Yer sirtini suratga oladi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh ovozli xabarlarni uzata oladi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil yanvarda Eron Payam sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqarishga muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirgan. O‘shanda ham qurilma kerakli orbitaga chiqarila olinmagan.

Keyinroq bir qator davlatlar Eronni BMT Xavfsizlik kengashining 2231-sonli rezolyutsiyasini buzishda ayblagan. Hujjat rasmiy Tehronga raketalar uchirishni taqiqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron orbitaga sun’iy yo‘ldosh chiqardi