13:30 / 25.02.2020
2 657

Fransiyada «O‘zbekiston bog‘i» ochiladi va ibn Sino haykali o‘rnatiladi

Fransiyada «O‘zbekiston bog‘i» ochiladi va ibn Sino haykali o‘rnatiladi
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Ryuey-Malmezon shahri meri va Buyuk Parij metropolisi prezidenti Patrik Ole bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muloqot chog‘ida Buxoro – Ryuey-Malmezon birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari misolida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligining joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Hamkor mamlakat – Fransiya vakillari muntazam asosda rasmiy delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilib, madaniy-gumanitar va turizm sohasida qo‘shma tadbirlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ryuey-Malmezon shahrida o‘rnatilishi belgilangan Abu Ali ibn Sino haykali, ochilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston bog‘i ham xalqlarimiz o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan madaniy hamkorlikka yana bir misol ekani alohida ta’kidlandi. Bu Fransiyada O‘zbekiston xalqining ilmiy, madaniy va tarixiy merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida Ryuey-Malmezonda tashkil etiladigan O‘zbekiston bog‘ida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonlik ijodiy jamoalar ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada «O‘zbekiston bog‘i» ochiladi va ibn Sino haykali o‘rnatiladi