07:30 / 03.03.2020
4 420

Koronavirusga chalinganlar uchun qurilgan maxsus shifoxonalardan birinchisi yopildi

Koronavirusga chalinganlar uchun qurilgan maxsus shifoxonalardan birinchisi yopildi
Xitoyning Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinganlar uchun tezkorlikda qurilgan vaqtinchalik shifoxonalardan birinchisi yopildi.
Shifoxonadan oxirgi bemorlar chiqarilgach, shifoxona o‘z ishini to‘xtatishga qaror qilgan. Ushbu shifoxona koronavirusga chalinganlarni davolash uchun qurilgan 16 ta vaqtinchalik shifoxonalardan eng kattasi bo‘lgan.

Shifoxona rahbari oyning oxirigacha qolgan shifoxonalarni ham yopish rejalashtirilayotganini aytgan.
1 mart kuni Xubeyda 196 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shu tariqa yangi kasallanish holatlarining kunlik o‘rtacha soni keskin kamaygan. Xitoyning qolgan shaharlarida ham kasallanganlar soni kamayib, bor-yo‘g‘i 6 ta yangi holat qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga chalinganlar uchun qurilgan maxsus shifoxonalardan birinchisi yopildi