10:20 / 06.03.2020
4 196

Sayyohlar dunyodagi eng katta nahangga duch kelishdi (video)

Sayyohlar dunyodagi eng katta nahangga duch kelishdi (video)
Foto: «CC0/Pixabay/JimmyDominico/»
Yangi Zelandiya, Taurangada delfinlarni tomosha qilish bo‘yicha dengiz sayyohlik vaqtida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar noyob kitsimon nahangni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi, deya xabar berdi «RNZ». Bu dunyodagi eng katta baliq bo‘lib, uzunligi 18 metrgacha yetadi.

Dengiz sayyohligi kompaniyasi xo‘jayini Brendon Stounning aytishicha, kitsimon nahang kema bortiga juda yaqin suzib kelgan. Garchi uning uzunligi 10 metr bo‘lsa-da, sayyohlarda zo‘r taassurot qoldirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar nahangni qariyb yarim soat tomosha qilishgan. Garchi bu nahanglar planktonlar bilan oziqlanuvchi beozor jonivorlar bo‘lsa-da, sayyohlardan hech kim uning yonida suzib ko‘rishdan cho‘chidi.

«Nahang juda qiziquvchan bo‘lib chiqdi, — deydi Brendon Stoun. — Qayiqning yoniga suzib keldi. Bu bortdagilarning barchasida katta taassurot qoldirdi».

W H A L E S H A R K in Bay of Plenty New Zealand ...the skipper is absolutely loving this encounter. The engines are in neutral and boat is stopped in the water. Encounters like these are why we love doing what we do well. Come join us before summer concludes. Bookings online or call the friendly staff we would love to get you out in our #bigbluebackyard www.bayexplorer.co.nz

Опубликовано Bay Explorer Понедельник, 2 марта 2020 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyohlar dunyodagi eng katta nahangga duch kelishdi (video)