17:30 / 21.03.2020
4 680

Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi

Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi
Foto: «Inform.kz»
Koronavirus aniqlangan 28 kishi orasida 4 oylik go‘dak ham bor, deydi brifingda Nursulton sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Saule Kisikova.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 53 ta koronavirus qayd etildi. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi joriy etilgan. Nursulton va Olmaotada 19 martdan buyon karantin.

«18 yoshgacha – 2 ta: bitta 4 oylik go‘dak va 14 yoshli o‘smir, 18 yoshdan 29 yoshgacha – 3 kishi, 30 yoshdan 49 yoshgacha – 18 kishi, 50 yoshdan 59 yoshgacha – 4 kishi, 60 yoshdan oshgan – 1 kishi (yangi virusni yuqtirgan – tahr.)», – deydi Kisikova.

«RIA Novosti»ningi yozishicha, ikkita katta va bitta 4 oylik go‘dakdan iborat oila epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan mamlakatda bo‘lgani uchun Parij-Minsk-Nursulton reysida tekshirilgan. Ular 9 — 20 mart kunlari Fransiyada dam olib qaytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus «yosharyapti». Qozog‘istonda 4 oylik go‘dak infeksiyani yuqtirib oldi