08:15 / 25.03.2020
2 829

Pitomnikdan qochayotgan itlarning videosi tarmoqlarda mashhurlikka erishdi (video)

Pitomnikdan qochayotgan itlarning videosi tarmoqlarda mashhurlikka erishdi (video)
Tarmoqlarda ikki itning pitomnikdan qochayotgani tasvirlangan video mashhurlikka erishdi. Qafasda o‘tirmaslik xohishi shu qadar kuchli bo‘lganida, itlar deyarli imkonsiz ishni amalga oshirgan.

Videodan ko‘rish mumkin, hayvonlar baland sim qafas ichidagi hududda aylanib yuribdi. Qafasdan qochishga qaror qilgan kuchuklardan biri — pudel sim to‘rlar bo‘ylab sekin-asta yuqoriga ko‘tarila boshlagan. Bu orqali u boshqa itlarning ham diqqatini o‘ziga qaratgan.

Kuchuk panjara tepasiga deyarli yetib qolganida atrofdagi itlardan biri ikki marta sakrashni amalga oshirib, to‘siqdan oshib o‘tib ketgan.

Itlarning qochishi tasvirlangan video internet tarmog‘i foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilarning taxminicha, karantin itlarning joniga tekkan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pitomnikdan qochayotgan itlarning videosi tarmoqlarda mashhurlikka erishdi (video)