13:34 / 25 марта 2020
1 403

Fransiyada koronavirusni davolash siyosiy kurashga aylandi. Kim g‘olib bo‘ladi?

Fransiyada koronavirusni davolash siyosiy kurashga aylandi. Kim g‘olib bo‘ladi?
Fransiyada koronavirusning davosi masalasida juda kuchli qarama-qarshilik paydo bo‘ldi. Jamoatchilik, olimlar va siyosatchilar so‘nggi soatlarda bir qarama-qarshilikni to‘xtovsiz muhokama qilishyapti.

Koronavirusga qarshi kurashish va uni davosini topish uchun Fransiyada olimlar va siyosatchilar o‘rtasida «Covid-19 ilmiy kengashi» tuzilgan. Kengashda Fransiyaning eng zo‘r virusolog va bakterilog olim va vrachlari ishtirok etishadi.

Ushbu kengashning muhim a’zolaridan biri Didiye Raul ismli Marsellik dunyoning eng kuchli virusolog va bakteriolog olimlaridan biridir. Shu kunga qadar olim o‘z jamoasi va laboratoriyasi bilan mikrob va viruslarga qarshi dunyoda eng yuqori natijalarga erishganlardan biri hisoblanadi.

Professor Didiye Raul koronavirusga qarshi kurashish uchun narxi arzon va ishlab chiqarishi oson bo‘lgan Xlorixin nomli dorini taklif qilmoqda. U maslahatiga kirib, Xitoy ushbu doridan muvaffaqiyatli foydalanganligini ta’kidlayapti. Professorning fikriga ko‘ra agar dori ilk simptomlar paydo bo‘lgandan bemorga berilsa, u koronavirusning ko‘payish jarayonini to‘xtatoladi. U o‘z bemorlariga hozirgi kunda ushbu dorini bermoqda.

Lekin, ilmiy kengash a’zolari va Fransiyaning sog‘liqni saqlash vaziri Janob Veran ushbu fikrga qarshi. Ularning asosiy argumenti, koronavirusga qarshi Xlorixinning foydasi borligi haqida hali ilmiy asosga ega tajribalar o‘tkazilmagan.

Ushbu dori Fransiyada aptekalarda sotilishi ta’qiqlangan. Uni faqat ba’zi shifoxonalargina saqlashi mumkin.

Kecha, Donald Tramp o‘z nutqida aynan Didiye Raulga asoslanib xlorixin dorisi koronavirusga nisbatan ancha foydali bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Bu bayonot Fransiyada hukumat Didiye Raul taklifini rad etilganligi uchun jamoatchilik orasida norozilikka sabab bo‘ldi.

Bugun bo‘lsa, AQSHda virusdan saqlanaman deb xlorixin dorisini dozasidan ko‘p ichib yuborgan bir AQSHlik olamdan o‘tdi.

11 mart kuni Fransiyadagi ilmiy kengash test qilish uchun dori va antibiotiklarni tanlab olishgan edi. Lekin, ko‘pchilikni hayron qoldirgan holat shu bo‘ldiki, ularning orasida xlorixin yo‘q edi. Nihoyat, jamoatchilik bosimi bilan ushbu dori ham test va tajribaga kiritildi.

Bugun bahslar davom etmoqda va Didiye Raulning yonini olib bir necha olim va vrachlar chiqish qilishdi.

Xullas, Fransiya xalqi ushbu masalada ikkiga bo‘linib qoldi. Bir tomon o‘zini yillar davomida ko‘rsatgan dunyodagi eng kuchli virusologlardan biriga ishonishni taklif qilayotgan bo‘lsa, boshqa tomon ilmiy asoslarsiz uni mijozlarda qo‘llamaslik kerak demoqda. Muxolifat bo‘lsa kerakli qarorga kelolmayotgan, vaziyatni siyosatdan kelib chiqib baxolayetgan hukumatni va Prezidentni ayblash bilan ovora.

Bugun Didiye Raul ilmiy kengashni tark etgani haqida matbuot xabar berdi. Bu bo‘lsa jamoatchilikning noroziligini yanada oshirdi.
Xullas, ilmiy kengash qarori endi siyosiy masalaga aylanib bo‘ldi.

PS: Fransuz matbuotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra aynan Raulning shifoxonasida bemorlar holati va tuzalishi boshqa hududlarga nisbatan ancha yaxshi emish. Agar Didiye Raul haq bo‘lib chiqsa, vaqtida uni gapiga kirmagan Fransiya hukumati juda katta bosim ostida qolishini faraz qilish mumkin.

Firuz Allayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)