14:05 / 28.03.2020
2 827

Qozog‘istonda ilk marta ayol kishi viloyat hokimi etib tayinlandi

Qozog‘istonda ilk marta ayol kishi viloyat hokimi etib tayinlandi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev viloyat hokimi lavozimiga ayol kishini tayinladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
"Abdilkalikova Gulshara Naushayevna Qizilo‘rda viloyati hokimi etib tayinlansin", deyiladi prezidentning farmonida.

Toqayevning maslahatchisi Yerlan Karinning so‘zlariga ko‘ra, prezident avvalroq partiya ro‘yxatlarining 30 foizi yoshlar va ayollardan bo‘lsin degan g‘oyani ilgari surgan edi. Bu haqda qonun loyihasi ham ishlab chiqildi.

Abdilkalikova Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi deputati bo‘lgan. Ungacha Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri, Prezident maslahatchisi, Bosh vazir o‘rinbosari, Davlat kotibi lavozimlarida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ilk marta ayol kishi viloyat hokimi etib tayinlandi