10:18 / 30.03.2020
4 307

Jirinovskiy: Lukashenko butun Yer yuzi ustidan kulyapti

Jirinovskiy: Lukashenko butun Yer yuzi ustidan kulyapti
Rossiyalik mashhur siyosatchi Vladimir Jirinovskiy koronavirus sabab ommaviy tadbirlarni, jumladan, sport tadbirlarini bekor qilmayotgan Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni jiddiy tanqid qildi.

Lukashenko butun Yer yuzi ustidan kulyapti. Hamma joyda qat’iy choralar ko‘rilgan, sport tadbirlari bekor qilingan, hamma joyda odamlar uyda saqlanmoqda. Belarusda esa hamma ko‘chada, stadionlarda. Uning o‘zi esa xokkey o‘ynayapti. U yerda allaqachon bir necha o‘nlab kishilar virusdan zararlangan. Keyin ular yuzlab, minglab bo‘lishi mumkin.

Bunday bo‘lishi mumkin emas, Aleksandr Grigorevich. Xuddi butun sayyora ahmoq va bitta siz aqlli odamdek
”, - deb yozdi Jirinovskiy o‘z telegram kanaliga.

Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionati ayni damda davom etayotgan Yevropadagi yagona chempionat hisoblanadi. Biroq, Lukashenko hozirgi epidemiologik vaziyat u qadar xavfli emas deb aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy: Lukashenko butun Yer yuzi ustidan kulyapti