13:10 / 12.04.2020
3 239

Tarixda ilk bor AQSHning barcha shtatlarida «yirik falokat» holati joriy etildi

Tarixda ilk bor AQSHning barcha shtatlarida «yirik falokat» holati joriy etildi
Foto: AFP/MANDEL NGAN
AQSH prezidenti Donald Tramp shanba kuni Vayoming shtatida ham «yirik falokat holati» (Major disaster) e’lon qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Vayoming shtati bu holat joriy etilgan 50-shtat bo‘ldi. Prezident matbuot kotibi o‘rinbosari Jadd Dirning aytishicha, bu mamlakat tarixida ilk bor barcha shtatlarda bir vaqtda bunday holat joriy etilishi bo‘lmoqda.

Shtat gubernatori Mark Gordon mazkur holatni e’lon qilish bo‘yicha prezidentga rasman murojaat qilgan paytda Vayoming bo‘ylab 200 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgandi.

«Vayomingdagi holat boshqa shtatlardagi kabi dahshatli bo‘lmasa-da, bizning bu choramiz zarur paytda barcha imkoniyatlarni ishga solish va vaziyatni nazoratga olishda yordam beradi», degan Gordon.

CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, «yirik falokat» holati AQSH konstitutsiyasi amal qiluvchi AQSH Virjiniya orollari, Shimoliy Mariana oroli, Guam va Puerto-Riko orollariga nisbatan ham qo‘llanadi. AQSH boshqaruvidagi mazkur chora qo‘llanmagan yagona hudud Amerika Samoasi bo‘lib qolmoqda.

Donald Trampning bu qarorga kelishiga sabab AQSHning koronavirus tufayli o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchiga aylanganidir. Jon Hopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda kasallikka chalinish holatlari soni 525 mingdan o‘tgan, vafot etganlar soni 21 mingga yaqinlashmoqda. Eng ko‘p o‘lim holati Nyu-Yorkda — 6397 kishi COVID-19 qurboni bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tarixda ilk bor AQSHning barcha shtatlarida «yirik falokat» holati joriy etildi