10:39 / 20.04.2020
1 965

Eron AQSHning yordamini rad etdi

Eron AQSHning yordamini rad etdi
Javod Zarif / Foto: Kommersant’
AQSH hukumati Eronga o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalarini taqdim qilgan holda koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga tayyor. Biroq Eron Vashingtonning bu taklifini rad etdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda AQSH Eronga o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmalari bilan yordam berishga tayyorligini takror aytib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, AQSHda bunday qurilmalardan minglab bor.

Biroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bu taklifni rad etib, Eron bir necha oy ichida bunday qurilmalardan o‘zi eksport qilishni boshlashini aytgan. Zarif Trampni boshqa davlatlar, ayniqsa Eron xalqi ishlariga aralashishni bas qilishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, Eron birorta amerikalik siyosatchining maslahatini qabul qilmaydi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 82 mingdan oshgan, undan 5118 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSHning yordamini rad etdi