22:18 / 08.05.2020
3 750

Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 500dan oshdi

Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 500dan oshdi
Foto: Asia-Plus
Tojikistonda 8 may kuni yana 61 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib «Aziya Plyus» xabar bergan.

Endilikda mamlakatda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 522 nafarga yetdi.
Yana 2 kishi koronavirus qurboni bo‘lgani tasdiqlandi va umumiy o‘limlar soni 14taga yetdi.

So‘nggi bir kunda karantindagilarning 420 nafariga koronavirus aniqlanmagani sababli uyiga ruxsat berilgan. Ayni damda Tojikistonda 4 286 kishi karantinda shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Kasallik eng ko‘p poytaxt Dushanbeda (233 nafar) qayd etilgan. So‘g‘d viloyatida 139, Xatlonda 59, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida 18, markazga bo‘ysunuvchi nohiyalarda jami 83 holat aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev gumanitar yordam sifatida Tojikistonga 144ta mobil tibbiy konteyner yubordi. Bugun qo‘shni davlatga yetib borgan ushbu konteynerlardan Dushanbeda mobil shifoxona quriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 500dan oshdi