Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqqan.
Turkiya iyun o‘rtalaridan xorijlik turistlarni qabul qilishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz gashri.
"Iyun o‘rtalaridan ma’lum bir mamlakatlarda xalqaro turizm tiklanadi deb o‘ylaymiz. Bular Xitoy, Janubiy Koreya va ushbu mintaqaning boshqa davlatlari bo‘ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab nuqtalariga muntazam xalqaro parvozlar boshlanadi deb o‘ylayman", - dedi Ersoy NTV telekanali efirida.
U Turkiyada ichki turizm 28 maydan, Ramazon oyi tugaganidan so‘ng boshlanishini aytdi.
"Biz mehmonxonalarni yopmadik, aviatashuvchilar ishini to‘xtatgani va pandemiya bilan bog‘liq boshqa cheklovlar kiritilgani sababli ular yopilishga majbur bo‘ldi", - dedi Ersoy.
U Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqqanini qayd etdi.
"Bu dunyodagi ana shunday birinchi tajriba va bizdan keyin YEI mamlakatlari ham ana shunday ish olib borishga qaror qildi", - deb qo‘shib qo‘ydi Ersoy.
Avvalroq Mehmet Ersoy Turkiyada 1 iyundan boshlab xorijdan kelayotgan barcha chet elliklar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga test topshirishi majburiy bo‘lishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi