Abduqodir Husanov aprel oyining eng yaxshi futbolchisi boʻlishga daʼvogar!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov yana bir muhim eʼtirof ostonasida turibdi. U «Manchester Siti» tarkibida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar qatoriga kiritildi.
Klub tomonidan eʼlon qilingan roʻyxatda Husanov bilan bir qatorda tajribali yarim himoyachi Bernardu Silva va iqtidorli yosh futbolchi Niko O’Rayli ham oʻrin olgan. Bu esa raqobat jiddiy ekanini koʻrsatadi.

Abduqodir Husanov soʻnggi vaqtlarda “shaharliklar” safida barqaror oʻyini, ishonchli himoyasi va yuqori tezligi bilan ajralib turibdi. Uning maydondagi harakatlari nafaqat murabbiylar, balki muxlislar eʼtiborini ham torta oldi.
Ayniqsa, himoya chizigʻidagi ishonchli oʻyini va muhim epizodlarda jamoaga yordam bergan harakatlari uni bu sovringa munosib nomzodga aylantirmoqda. Bu nomzodlik oʻzbek futboli uchun ham katta yutuq hisoblanadi.
Qisqacha aytganda, Husanov “yoʻqolib” qolgan emas — aksincha, Yevropada oʻz nomini qattiq qilib yozib qoʻyyapti. Endi savol bitta: sovrinni oladimi yo yoʻq?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!