«Barselona» 2026/27-mavsum uchun yangi liboslar dizaynini tanladi

1 daqiqa o'qish1.9K
«Barselona» 2026/27-mavsum uchun yangi liboslar dizaynini tanladi

"Barselona" klubi va Nike kompaniyasi 2026-27 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan yangi liboslar dizaynini ishlab chiqdi. Asosiy e'tibor yangilangan "Spotify Camp Nou" stadionining tashqi ko'rinishiga qaratilgan bo'lib, u 2027 yilning aprel oyiga qadar 105 000 tomoshabinni sig'dira oladigan Yevropadagi eng yirik maydonga aylanadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uy uchrashuvlari uchun mo'ljallangan libos an'anaviy ko'k-anorrangli yo'llardan iborat bo'lsa-da, unda ilk bor oltita rang jilosidan foydalaniladi. Har bir yo'l uch xil qizil va uch xil ko'k rang tuslarini o'z ichiga oladi.

Nike logotipi va "Spotify" homiylik belgisi oltin rangda tasvirlanadi, shortik va paypoqlar esa to'q ko'k rangda bo'ladi.

Mehmon libosi uchun Kobi Brayantning "Mamba" brendi bilan hamkorlik davom ettiriladi. Binafsharang va qora ranglar uyg'unligidagi ushbu forma "LA Lakers" klubi ranglaridan ilhomlangan bo'lib, stadion chiroqlari ostida yaltirash xususiyatiga ega.

Yoqa qismida esa Brayantning mashhur iqtibosi tushiriladi.

Uchinchi to'plamda klub 1990-yillardagi Kappa uslubini eslatuvchi och yashil rangga qaytadi. Ushbu libos avgust yoki sentyabr oylarida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, oddiy nusxadagi formalar narxi 100-110 funt atrofida bo'lsa, futbolchilar kiyadigan original versiyalar 140 funtdan qimmatroq sotiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?