date

Soliq qo'mitasi 728 nafar ijodkor daromadi haqida hisobot berdi

Soliq qo'mitasi 728 nafar ijodkor daromadi haqida hisobot berdi

O'zbekiston Soliq qo'mitasi 2025 yilda mamlakatda konsert faoliyati bilan shug'ullanuvchi san'atkorlarning daromadlari bo'yicha hisobotni e'lon qildi. Unga ko'ra, jami 728 nafar xonanda o'z daromadlari to'g'risida deklaratsiya topshirgan.

San'atkorlar tomonidan ko'rsatilgan umumiy daromad miqdori 4,69 mlrd so'mni tashkil etdi. Ushbu mablag'lardan davlat byudjetiga 437,1 mln so'm miqdorida daromad solig'i hisoblangan.

Daromadning asosiy qismi, ya'ni 3,01 mlrd so'mi uchinchi guruhga mansub xonandalar hissasiga to'g'ri kelgan.

Tahlillarga ko'ra, ko'pchilik ijrochilar yillik daromadini 10 mln so'mgacha bo'lgan miqdorda qayd etgan. Deklaratsiyalarda ko'rsatilgan eng yuqori daromad ko'rsatkichi esa 152 mln so'mni tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Soliq qo'mitasi 728 nafar ijodkor daromadi haqida hisobot berdi