14:57 / 17.05.2020
2 378

Hindistonda bir sutkada qariyb 5 ming kishida koronavirus aniqlandi

Hindistonda bir sutkada qariyb 5 ming kishida koronavirus aniqlandi
Kecha Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,9 million nafarga ko‘paydi, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligi tarqatgan xabarda.

Hindistonda COVID-19 bilan kasallanganlar jami soni 90 927 nafarga yetgan.

Vazirlik xabarida davolanayotganlar soni 53 946 nafar ekani aytiladi. Sog‘ayib ketganlar — 34 108 nafar, qurbonlar soni — 2872 nafar.

Mamlakat markaziy qismida joylashgan Maxarashtra shtati virusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan shtatga aylandi, bu yerda 20 706 nafar bemor aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda — Gujarat shtati (10 998 nafar), uchinchi — Tamilnad shtati (10 585 nafar).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda bir sutkada qariyb 5 ming kishida koronavirus aniqlandi