20:30 / 24.05.2020
2 535

Tailand Covid-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Tailand Covid-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
Foto: RIA Novosti
Tailandning Chulalongkorn universiteti tibbiy markazi SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasini sichqonlarda sinab ko‘rdi va bu muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar bermoqda mamlakatning oliy ta’lim, fan, tadqiqot va innovatsiyalar vaziri Suvit Mesinsi.

Ushbu loyiha nafaqat tailandliklar uchun, balki insoniyat uchundir... Biz vaksinani ishlab chiqib, dunyo hamjamiyatining muammolarini hal qilishda ishtirok etishimiz kerak”, — dedi vazir.

Ushbu vaksina kelasi haftada maymunlarda sinovdan o‘tkaziladi va keyin ko‘ngillilarda sinab ko‘rilishi mumkin.

Hozirda AQSH va Kanadada Tailand vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, yil oxirida vaksina ommaviy ishlab chiqariladi“ deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Ayni damda Tailandda 3040 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 2916 nafari sog‘aygan, 56 kishi kasallikdan vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailand Covid-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi