12:00 / 02.06.2020
3 148

Sudmedekspertiza: Jorj Floydning o‘limi qotillik tufayli ro‘y bergan (video)

Sudmedekspertiza: Jorj Floydning o‘limi qotillik tufayli ro‘y bergan (video)
Foto: Jerry Holt / Star Tribune via AP
Shifokorlar chiqargan xulosaga ko‘ra, Floyd bo‘yniga uzoq vaqt bosib turilgani sababli kislorod yetishmagani oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda marhumning oilasi advokati Ben Krampga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Advokatning ta’kidlashicha, Floyd avval ta’kidlangandek jonlantirish bo‘limida emas, balki voqea joyidayoq jon bergan.

Biroq Xennepin okrugi sud-tibbiyot ekspertlari avvalroq boshqacha xulosa chiqarib, Floydda bo‘g‘ilish oqibatida o‘lganining biror-bir alomati topilmaganini ma’lum qilishgandi. Ular erkakning o‘limi sabablari orasida undagi kasallik hamda intoksikatsiyani aytib o‘tishgan.

46 yoshli Floydning o‘limidan keyin AQSHni norozilik namoyishlari qamrab oldi. Erkak 25 may kuni shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan.

Minneapolis shahrida yuz bergan voqeadan keyin politsiyachilar Floyd qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatganini ta’kidlashgan. Biroq keyinroq internetda buning aksini ko‘rsatuvchi video paydo bo‘lgan. Videoda 4 politsiyachi Floydni yerga yiqitgani, ulardan oq tanli biri erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgani aks etgan. Politsiyachi Floydning nafas ololmayotganidan shikoyat qilishiga qaramay, uning bo‘ynidan oyog‘ini olmagan. Natijada Floyd hushini yo‘qotgan.

Voqeada ishtirok etgan politsiyachilar ishdan bo‘shatilgan, Floydni bo‘ynini ezgan politsiyachi esa ehtiyotsizlik sababli qotillik sodir etishda ayblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sudmedekspertiza: Jorj Floydning o‘limi qotillik tufayli ro‘y bergan (video)