14:05 / 14.06.2020
3 719

Olimlar koronavirus mutatsiyasidan xavfsiramoqda

Olimlar koronavirus mutatsiyasidan xavfsiramoqda
Dunyo olimlari COVID-19 mutatsiyasi ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkinligidan va infeksiyaning yanada agressiv shakllari paydo bo‘lishidan xavfsiramoqda.
Bu haqda Moskva davlat universiteti immunologiya va molekular biotibbiyot markazi direktori, professor Mixail Palsev aytib o‘tdi.

Avvalroq, italiyalik olimlar koronavirus zaiflasha boshlaganini va mutatsiyaga uchraganini ma’lum qilishgan edi. Mixail Palsevning so‘zlariga ko‘ra, bu virusga kollektiv immunitet asta-sekin rivojlanib borayotgani bilan bog‘liq.

«Shu sababli virus bir muncha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ikkinchi sabab — tabiiy sharoitlar. Yoz keldi, Ba’zi hududlarda harorat juda issiq. Odatda, ushbu mavsumda immunitet kuchayadi va havodan yuqadigan infeksiyalar kamayadi», — deydi professor.

Biroq, olimlar "COVID-19"ning keyingi mutatsiyalari odamlar uchun yanada tajovuzkor va noqulay bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi.
Palsevning ta’kidlashicha, bu mutatsiyalar infeksiyaga qarshi vaksinani yaratish jarayonini murakkablashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus mutatsiyasidan xavfsiramoqda