2 470
So‘rovnoma: Ko‘pchilik amerikaliklar Trampning saylovlarda g‘alaba qozonishidan qo‘rqishmoqda
Foto: Reuters
Fox News telekanali buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampni ancha farq bilan ortda qoldirmoqda.
Bacon Research va Shaw & Company o‘tkazgan so‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, noyabrda o‘tadigan prezident saylovlarida Baydenga 50 foiz, Trampga 38 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor.
Sotsiologlarning ma’lum qilishicha, Baydenning 63 foiz tarafdorlari o‘z tanlovini Trampning g‘alaba qozonishidan qo‘rqishlari bilan, yana 31 foizi shunchaki Baydenning nomzodidan ko‘ngillari to‘qligi bilan tushuntirishgan.
Trampning qo‘llab-quvvatlayotganlar orasida esa barchasi aksincha. Prezidentning 62 foiz tarafdorlari uning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlarini, 33 foizi esa Bayden g‘alaba qozonishidan ko‘rqishlarini aytishgan.
Shuningdek, tadqiqot Trampning qo‘llab-quvvatlanishi darajasi uning pandemiya va afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin AQSHni qamrab olgan namoyishlar vaqtidagi xatti-harakatlari sababli tushib ketganini ko‘rsatgan.
So‘rovnoma 13-16 iyun kunlari 1343 saylovchi orasida o‘tkazilgan. Uning ko‘rsatishicha, Trampning uning asosiy saylovchilari guruhi (oq tanli xristianlar) orasidagi qo‘llab-quvvatlanishi darajasi ham tushib ketgan. Shuningdek, amaldagi prezidentning qishloq aholisi orasidagi reytingi ham tushib ketgan.
SNN telekanalining iyunda o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, Baydenning Trampdan ustunligi 14 foizni tashkil qilmoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq vitse-prezidentga 55 foiz, amaldagi prezidentga 41 foiz respondent ovoz berishga tayyor.
AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Unda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan Jo Bayden hisoblanadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi