21:22 / 19.07.2020
8 642

Dunyodagi eng aqlli zaboni bor qushlar haqida eshitganmisiz?

Dunyodagi eng aqlli zaboni bor qushlar haqida eshitganmisiz?
Agarda sizning ajoyib, yoqimtoy uy hayvoningiz ovozingizga taqlid qilguday bo‘lsa, qanday holatga tushib qolardingiz? Albatta, hayratdan qotib qolardingiz. Shunday emasmi?

Bugungi ushbu maqolamizda sizlarga inson tilini yaxshi tushunib, ularga taqlid qiladigan TOP 3 zabonli qushlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ular quyidagilar:

1.Afrika kulrang to‘tiqushi

Afrika kulrang to‘tiqushi dunyodagi eng aqlli, zabonli qushlar sirasiga kiradi. Ular asosan G‘arbiy hamda Markaziy Afrikaning yomg‘irli o‘rmonlarida istiqomat qilishadi. Bunday to‘tiqushlar insonni anglay olishi va taqlid qila olishi bilan mashhurdir. Qiziqarlisi shundaki, ularning aksariyati o‘z egalariga qattiq bog‘lanib qoladilar.

2.Budgerigar to‘tiqushi

Ushbu turdagi to‘tiqushlar asosan Avstraliyada yashaydi. Ular so‘z boyligini tez rivojlantirish qobiliyatiga ega. Hayratlanarlisi shundaki, budgerigarlar 1995 yilda Ginnes rekordini o‘rnatishdi. Ular sal kam 1728 ta so‘zni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Odatda ular egalari tomonidan aytilgan so‘zlarni bir necha marotaba aytishga moyil bo‘ladilar.

3.Amazon to‘tiqushi

Amazon to‘tiqushlari iste’dodli qushlar sirasiga mansubdir. Bu turdagi qushlar inson nutqini kontekstualizatsiya qilish qobiliyatiga ega. Qolaversa, ular inson nutqini mukammal darajada taqlid ham qila olishadi. Qiziqarlisi, ular yoshlik paytidanoq gapirishni boshlashadi. Ko‘proq ular musiqalarni takrorlashni xush ko‘rishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng aqlli zaboni bor qushlar haqida eshitganmisiz?