21:10 / 31.07.2020
3 027

Rossiyada pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi qanday o‘qildi? (foto)

Rossiyada pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi qanday o‘qildi? (foto)
Bugun Islom olamining eng muhim bayramlaridan biri — Qurbon hayiti barcha musulmonlar tomonidan keng nishonlanmoqda. Joriy yilda koronavirus pandemiyasi sababli Moskva jome masjidlarida hayit namozi tashrif buyuruvchilarsiz o‘qildi. Rossiyaning boshqa viloyatlarida ham shu kabi qaror qabul qilingan. Tataristonda esa bayram namozi ochiq osmon ostida o‘qilgan. Bu haqda «RBK» Qurbon hayiti Rossiyada qanday nishonlangani tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Moskva jome masjidida bayram namozi imomlar, muazzinlar va masjid xodimlari ishtirokida o‘qildi

Foto: AP Photo
Moskva jome masjidi tashqarisidagi musulmonlar namoz vaqtida

Foto: «TASS»
Sankt-Peterburgdagi jome masjidida o‘qilgan namoz

Foto: AP Photo
Sankt-Peterburg jome masjidi qarshisidagi musulmonlar

Foto: «TASS»
Qrimning Saki shahridagi jome masjidda o‘qilayotgan bayram namozi

Foto: «TASS»
Ufadagi jome masjidga yig‘ilgan musulmonlar

Foto: «TASS»
Qozondagi «Al-Marjaniy» masjidi qarshisida namoz o‘qish uchun yig‘ilgan musulmonlar

Foto: «RIA Novosti»
Novosibirsk jome masjidida Qurbon hayiti namozi yopiq eshiklar ichida o‘qildi

Foto: «RIA Novosti»
Namozdan so‘ng qabristonni ziyorat qilgani kelgan musulmonlar, Qorachoy-Cherkasiya

Foto: «TASS»
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31 iyul kuni karantin qoidalariga amal qilgan holda nishonlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lganini ma’lum qildi. Qurbon hayiti kuni butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada pandemiya vaqtida Qurbon hayiti namozi qanday o‘qildi? (foto)