18:03 / 19.08.2020
4 307

Odamlarni o‘ldirish koronavirusga qiziq emas

Odamlarni o‘ldirish koronavirusga qiziq emas
Foto: «Yandex»
Yevropa, AQSH va Osiyoning ayrim joylarida tarqalgan SARS-CoV-2 koronavirusining mutatsiyaga uchragan shtammi yuqumliroq, lekin hayot uchun xavfi kamroq bo‘lib chiqdi. Bu haqda Xalqaro yuqumli kasalliklar jamiyati prezidenti Pol Tambya «Reuters» agentligiga ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, D614G shtammining tarqalishi butun dunyoda koronavirus tufayli o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishiga to‘g‘ri keldi.
Mutaxassisning fikricha, odatda aksariyat viruslar mutatsiyaga uchragani sari xavflilik darajasi kamayib boraveradi.

«Virusni odamlarni o‘ldirish emas, iloji boricha ko‘proq odamlarga infeksiya yuqtirish qiziqtiradi. Chunki virus xo‘jayinidan boshpana va oziq-ovqat manbai sifatida foydalanadi», — deydi Tambya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamlarni o‘ldirish koronavirusga qiziq emas