20:00 / 31.08.2020
6 093

Ilon o‘zini o‘zi yamlamay yutdi (video)

Ilon o‘zini o‘zi yamlamay yutdi (video)
Foto: «Trendexmexico.com»
O‘zini o‘zi yamlamay yutishga uringan ilon videosi ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqaldi. Ajoyib tasvir «Republic World» nashrining ham e’tiboridan chetda qolmagan.

Rolikni Hindiston o‘rmon xizmati zobiti Susanta Nanda «Twitter»ga joylagan. Yarim daqiqalik videoyozuvda ilon o‘zini o‘zi yutayotganini ko‘rish mumkin. Tasvirga oluvchi jonivorning og‘ziga qandaydir suyuqlikni surkagan edi ilon o‘zini o‘zi qayt qilib tashladi.

Nandaning izohlashicha, qarindoshlari bilan oziqlanadigan ilon ko‘pincha o‘z dumini boshqa ilonlar bilan adashtirib qo‘yadi va o‘zini o‘zi yuta boshlaydi.

Video shu paytgacha minglab tomoshabinlar tomonidan ko‘rilgan, minglab layk to‘plashga ulgurgan, minglab izohlar qoldirilgan. Ayniqsa, hayot va o‘limning abadiy sikli degan izoh ko‘pchilikni mushohadaga chorlashi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon o‘zini o‘zi yamlamay yutdi (video)