14:12 / 13.09.2020
4 731

Mashhur Konor Makgregor hibsga olindi

Mashhur Konor Makgregor hibsga olindi
Foto: Twitter
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Fransiyaning Korsika orolida politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, irlandiyalik yakkakurashchi barlarning birida jinsiy zo‘ravonlik va ahloqsiz harakatlar amalga oshirishda ayblanmoqda. Makgregor ustidan 10 sentabr kuni shikoyat xati kelib tushgan. 32 yoshli jangchining o‘zi bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konor rafiqasi bilan O‘rta Yer dengizi bo‘ylab sayohat qilmoqda. U 12 sentabr kuni Monako malikasi Sharlen bilan suv velosipedida sayohatga chiqishi rejalashtirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur Konor Makgregor hibsga olindi