08:10 / 23.09.2020
2 020

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkazilishini ma’qulladi. Chumakov markazi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur vaksina sinovida uch mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi, deyiladi vazirlikning matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilarning bunday miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.
Ishlanma mualliflari sinovlarni shu yilning noyabrida yakunlashni mo‘ljallagan.

Dori vositasining klinik sinovlari Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda o‘tkaziladi. Sinov ishtirokchilari vaksinatsiyadan so‘ng 16 kunlik cheklangan muhitda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi “Sputnik V” nomli birinchi vaksina avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o‘tkaziladi