13:37 / 07.10.2020
3 534

«Voqealar rivoji jiddiy tashvish uyg‘otmoqda» – O‘zbekiston TIV Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi

«Voqealar rivoji jiddiy tashvish uyg‘otmoqda» – O‘zbekiston TIV Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi
Foto:«Sputnik»
Ma’lumki, kuni kecha Qirg‘izistonda parlament saylovlari yakunlangach, namoyish va tartibsizliklar boshlandi. Namoyishchilar prezident ma’muriyati, hukumat binosigacha kirib bordilar.

O‘zbekiston TIV bo‘layotgan voqealar yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, «Qirg‘iz Respublikasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji O‘zbekistonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda».

«O‘zbekiston yaqin qo‘shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg‘izistondagi vaziyatning mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez orada barqarorlashuviga umid qiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga qat’iy sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.

Hozirgi murakkab vaziyatda biz O‘zbekistonda ko‘p asrlik tarixiy va qarindoshlik rishtalari, umumiy madaniy hamda ma’naviy qadriyatlar bilan mustahkam bog‘langan birodar Qirg‘iziston xalqiga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz
»- deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda bir kun oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari yetarli ovoz to‘play olgan. Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11 tasi natijalarni tan olmagan. Hukmron «Birimdik» partiyasi esa qayta saylovlar o‘tkazishga rozi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Voqealar rivoji jiddiy tashvish uyg‘otmoqda» – O‘zbekiston TIV Qirg‘iziston bo‘yicha bayonot berdi