10:10 / 08.10.2020
4 512

Tasmaniya iblislari uch ming yil ichida birinchi marotaba Avstraliya yovvoyi tabiatiga qo‘yib yuborildi (video)

Tasmaniya iblislari uch ming yil ichida birinchi marotaba Avstraliya yovvoyi tabiatiga qo‘yib yuborildi (video)
Foto: Esquire
Tabiatni muhofaza qilish guruhi mutaxassislari 26 ta Tasmaniya iblisini ozod qildi. Ushbu tur yo‘qolib ketish xavfi ostida, deya xabar beradi Esquire.

Ma’lum bo‘lishicha, jonzotlar Sidneyning shimolida joylashgan Barrington Tops qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborilgan. Shuningdek, iblislar Avstraliya qit’asida uch ming yildan buyon bo‘lmagan.

2020 yil mart oyida 15 nafar Tasmaniya iblisi yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgan edi va ular tabiatga yaxshi moslashib ketgan. Endi esa mutaxassislar ularning ortidan yana 11 dona iblisni qo‘yib yubordi.

Olimlar 2021 yil fevral oyiga kelib hayvonlarning nasl qoldirishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, ikki yil ichida tabiatga yana 40 ta iblis qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.

Aktyor Kris Xemsvort rafiqasi Elza Pataki bilan birga hayvonlarni ozod qilishga yordam berdi. 1990 yillarda ushbu tur yuqumli va o‘limga olib keladigan og‘iz saratoniga chalingan. Natijada hozirgi kunda Tasmaniyada 25 mingta iblis mavjud, 1990 yilda esa ularning soni 150 mingtani tashkil qilgan.

Olimlarning xabariga ko‘ra, 2016 yilga kelib Tasmaniya iblislari kasallikka qarshi immunitet hosil qila boshlagan. Ta’kidlanishicha, iblislar muvozanatli ekotizimni saqlab qolishi uchun juda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ularning nomi dahshatli bo‘lishiga qaramay, insonlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun xavf tug‘dirmaydi.

Ma’lumot uchun, Tasmaniya iblislari saraton kasalligiga chalinmasa, tabiatda 5 yilgacha yashashi mumkin. Urg‘ochilarining vazni 8, erkaklariniki esa 12 kilogrammgacha og‘irlikda bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tasmaniya iblislari uch ming yil ichida birinchi marotaba Avstraliya yovvoyi tabiatiga qo‘yib yuborildi (video)