2 633
Bill Geyts pandemiya vaqtida odamlar hayotini nima yana iziga qaytara olishi mumkinligini aytdi
Foto: EPA-EFE/ETIENNE LAURENT/POO
Koronavirusga qarshi o‘ta samarali vaksinagina insoniyat hayotini yana normal tarzga qaytarishi mumkin. Bunday fikrni Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts NBC telekompaniyasi efirida bildirdi.
Geytsdan pandemiya oqibatlarini batamom yengish va hayotni yana iziga qaytarish uchun nima kerakligi so‘ralgan. “Normal hayotga qaytishning yagona yo‘li o‘ta samarali va ko‘plab odamlar olishi mumkin bo‘lgan vaksina ishlab chiqilishidir”, deb javob qilgan Geyts.
Uning ta’kidlashicha, faqat shu yo‘lgina koronavirus infeksiyasini dunyo ko‘lamida yo‘q qilish imkonini beradi.
Geyts vaksinaning birinchi bir nechta variantini keyingi yildan qo‘llashga ruxsat berilishini kutayotganini aytgan.
Avvalroq milliarder koronavirus pandemiyasi 2022 yildan ertaroq yakunlanmasligini aytgan.
Bill Geyst va uning rafiqasi Melinda rivojlanayotgan davlatlarda xavfli kasalliklarga qarshi kurashuvchi va AQSHda sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohasidagi dasturlarni moliyalashtiruvchi xayriya jamg‘armasiga rahbarlik qiladi. Ushbu jamg‘arma koronavirusga qarshi kurashga va vaksina ishlab chiqilishiga yuz millionlab dollar ajratgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi