Foto: Pinterest
Odatda ingliz olimlari hamisha texnologiya kashfiyotlaridan xursand bo‘ladi. Florida universiteti xodimlari tomonidan oddiygina taqdiqot olib borildi va kimning Instagram sahifasida qancha do‘stlar bilan selfiga tushgan surati bo‘lsa, ular bilan tez orada aloqani uzish ehtimoli ko‘proqligi isbotlandi.
Olimlar 18 dan 62 yoshgacha bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘ining 420 nafar foydalanuvchisi o‘rtasida kuzatuv ishlarini olib bordi. Unga ko‘ra, sahifalarida juda ko‘p selfi qilgan juftliklar o‘z hayotida qiyinchilikka duch keldi, degan xulosani bildirib, sheriklari bilan tez-tez xayrlashishi aniqlangan.
Psixologlar bu hodisani quyidagicha izohladi. Agar inson selfini sevadigan o‘lsa, bu uning tanasidan mamnunligi va boshqalarga o‘zini ko‘rsatishni xohlashidan dalolat beradi. Kimningdir go‘zal yoki kelishgan juftini ko‘rgan atrofdagi insonlar hasad qila boshlaydi va buning ortidan sababsiz bir necha janjallar kelib chiqadi.
Bu oddiygina Instagram sahifasida joylashtirilayotgan millionlab suratlar kuzatuvidan qilingan xulosa bo‘lib, kuniga necha minglab juftliklar foydalanuvchilarning arzimas savsatalari uchun barchasiga chek qo‘yishga majbur bo‘ladi.
Biroq ushbu tadqiqotda birgina ogohlantirish mavjud. Bunday vaziyatda kim ko‘proq xavf ostida bo‘ladi? Instagram foydalanuvchilarimi yoki o‘z suratlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamma bilan bo‘lishadigan sahifa egalarimi? Bir so‘z bilan aytganda, Instagram tarmog‘i chindan ham qutulish yo‘li bo‘lib qolmasin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi