10:19 / 13.10.2020
2 295

JSST koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi

JSST koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi
Foto: REUTERS / Christopher Black
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.

«Ommaviy immunitet aholi virusdan saqlanishi mumkin bo‘lgan vaksinatsiya vaqtida foydalaniladigan konsepsiya hisoblanadi. Masalan, qizamiqqa qarshi ommaviy immunitet hosil qilish uchun aholining 95 foizini emlash kerak. Qolgan besh foiz aholi emlangan odamlar orasida qizamiq tarqalmasligi bois himoyaga ega bo‘ladi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy immunitet kasallik yuqtirish orqali emas, balki emlash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Aynan shu sababli bunday strategiya ilmiy nuqtai nazardan ham, axloqiy nuqtai nazardan ham to‘g‘ri emas, deb ta’kidladi Gebreyesus.

Avvalroq JSST mutaxassisi Mariya van Kerkxove koronavirusga chalinish holatlarining 80 foizga yaqini virusning 10-20 foiz kasallanganlardan yuqishi orqali yuz berishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi