Foto: Reuters
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Anqara Ozarboyjon iltimosi bilan Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini jo‘natishini istisno qilmasligini aytdi.
“Birinchi kundanoq prezidentimiz o‘z pozitsiyasini bildirdi. Turkiya bunda ikkilanib o‘tirmaydi, prezidentimiz esa umuman ikkilanmaydi”, deb javob bergan Oktay tegishli savolga.
Avvalroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Tog‘li Qorabog‘da qanday shart bilan tinchlik o‘rnatilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni o‘nglashni istamaydi.
Qalinning ta’kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ okkupatsiya qilinishi to‘xtagandan keyingina mintaqada tinchlik o‘rnatiladi.
“Urushni kim istayotgani tushunarli. Bu Turkiya va Ozarboyjonning haqligini tasdiqladi. Qorabog‘ okkupatsiyadan ozod bo‘lsa, Janubiy Kavkazga tinchlik va barqarorlik keladi”, deb yozgan Qalin.
Bu orada Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Turkiya rahbariyatini Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni to‘xtatishda jonbozlik ko‘rsatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Sarkisyan Turkiyani mintaqadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishdan voz kechishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, shundan keyin ixtilof tomonlari yarashuvga erishib, tinch yechimni topish uchun muzokaralar stoli atrofiga o‘tiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi