00:30 / 28.10.2020
2 137

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi
Rossiyaning «Vektor» virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi mamlakatdagi koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarishni boshladi. Meduza’ning «RIA Novosti»ga tayanib xabar berishicha, bu haqda «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova ma’lum qilgan.

«EpiVakKorona» Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasidir. Ushbu vaksina uchun sentabr oyi oxirlarida patent olingan. Vaksina mushak ostiga jo‘natiladigan suspenziya shaklida ishlab chiqariladi.

Rossiyada patentlangan va ro‘yxatga olingan COVID-19’ga qarshi birinchi vaksina Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan yaratilgan «Sputnik-V» vaksinasidir. Yana bir vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Anna Popovaning aytishicha, «koronavirus infeksiyasiga qarshi har bir vaksina o‘z maqsadli auditoriyasiga ega bo‘ladi». Shifokorlar muayyan bemorga qaysi vaksinani tayinlashni tanlashi mumkin bo‘ladi.

«Rospotrebnadzor» ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinada tirik virus yo‘q bo‘lib, u sintezlangan sun’iy peptidlar hisobiga immunitetni shakllantiradi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur dori vositasi yuqori darajali xavfsiz hisoblanadi.

«EpiVakKorona»ning ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqoti 27 iyul kuni boshlangan, 8 sentabr kuni statsionardan sinov ishtirokchilarining so‘nggi guruhiga javob berilgan. Barcha ishtirokchilarda immunitet shakllangan. Vaksina klinik sinovlargacha bo‘lgan bosqichda ham o‘z samaradorligini namoyon etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi