17:35 / 09.11.2020
2 107

Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul palov tarqatmoqda

Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul palov tarqatmoqda
Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov
Rossiyaning Tomsk shahrida o‘zbek diasporasi vakillari koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarning xodimlariga palov tayyorlab tarqatmoqda. Volontyorlar shifokorlarni milliy taom bilan ikki hafta ta’minlashni rejalashtirgan, deb yozadi TV2.

Shifokorlar uchun palov «Do‘stlik» o‘zbek madaniy tashkiloti volontyorlari tomonidan tayyorlanmoqda. Taomning birinchi porsiyasi 2 noyabr kuni pishirilgan bo‘lib, to‘rt kun ichida 1600 ta ovqat solingan konteyner tarqatilgan. Shuningdek, ular yana ikki ming porsiya palov, shuncha salat va 600 ta non tayyorlashni reja qilgan. Palov shahardagi 11 ta kasalxonaga tarqatilmoqda.

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov
Shifokorlarga o‘zbek palovini tarqatish g‘oyasini O‘ktam Mahmudov bildirgan, diasporaning qolgan a’zolari va uning rahbari Samatulla Ro‘ziyev qo‘llab-quvvatlagan. Tomsklik o‘zbeklardan so‘ng Omsk va Kemerovadagi diaspora ham tibbiyot xodimlarini tushlik bilan mehmon qilishni boshlagan.

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov
«Insoniyat uchun o‘z kuchi va sog‘lig‘ini, shuningdek, hayotini berib, tinim bilmayotgan insonlarga hurmatda bo‘laylik. Oylik — bu boshqa, bu mehnat uchun haq. Bunday usulda minnatdorchilik bildirish esa boshqa. Shifokorlar xursand, biz ham ularga yaxshilik qilganimizdan mamnunmiz. Bu kabi og‘ir vaziyatda bir-birimizga yordam berishimiz muhim», — deydi Samatulla Ro‘ziyev.

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov
Palov kafeda emas, ochiq osmon ostida tayyorlanmoqda. Qozon «Azaliya» gullar do‘konining orqa hovlisiga joylashtirilgan. Unga 50 kilogramm palov sig‘adi. Taomni tayyorlash va tarqatish bilan 40 ga yaqin odam shug‘ullanmoqda.

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov

Foto: TV2today / Aleksandr Sakalov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tomskdagi o‘zbeklar koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bepul palov tarqatmoqda