Foto: Pierre Crom / Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi sharoitida niqobdan foydalanish bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani chop etdi. Unda aytilishicha, ijtimoiy masofaga rioya qilishning imkoni bo‘lmasa, binolar tashqarisida ham niqob taqish lozim.
Shuningdek, yetarlicha darajada shamollatilmaydigan xonalarda ham niqob taqish zarur. Yo‘riqnomada aytilishicha, bu qoidalar kattalar va yoshi 12dan yuqori bo‘lgan bolalarga taalluqli.
JSST besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqishni tavsiya etmayapti. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa epidemiologik holatdan kelib chiqqan holda niqob taqishlari mumkin.
Tashkilot niqobdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni iyun boshlarida yangilagandi. O‘shanda tibbiyot muassasalarining barcha xodimlaridan niqob taqish talab qilingandi.
Bungacha esa, JSST faqat koronavirusga chalingan bemorlargina niqob taqishi kerak deb ta’kidlab kelgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSHda tibbiy niqob koronavirusdan himoyalanishda samarali ekani tasdiqlandi

JSST epidemiologi davlatlarni karantin joriy qilmaslikka chaqirdi

Qozog‘istonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

Braziliya prezidenti majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi

JSST tibbiy niqobga bo‘lgan munosabatini keskin o‘zgartirdi

JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi