Foto: «RIA»
AQSHdagi Mayo klinikasi shifokorlari COVID-19ning nafas olish yo‘llarida namoyon bo‘lishidan oldin kelib chiqadigan bir qator alomatlar haqida ma’lumot berishdi. Bu haqda «Daily Express» nashri xabar bergan.
«COVID-19 oshqozon-ichak yo‘lida yengil alomatlarni, jumladan, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishini keltirib chiqarishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Shunga qaramay, bular eng ko‘p uchraydigan alomatlar emasligi va atigi bir kun davom etishi mumkinligi ta’kidlangan. Ich ketishi va ko‘ngil aynishi ko‘pincha nafas olish alomatlari paydo bo‘lishidan oldin kelib chiqadi, deya ta’kidlashmoqda mutaxassislar.
Shifokorlar ko‘ngil aynishi boshqa bir qancha kasalliklar, masalan, gripp, migren, oshqozon-ichak yo‘li buzilishi yoki depressiyadan darak berishi mumkinligini eslatib qo‘yishdi.
Koronavirus infeksiyasida ko‘ngil aynishidan so‘ng yo‘tal, isitma, ta’m va hid yo‘qolishi kuzatiladi.
Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Yer yuzida 81 milliondan ortiq kishi infeksiyani yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 1,8 millionga yaqini vafot etdi. Kasallanishlar eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilmoqda. Qurbonlar soni bo‘yicha ham shu mamlakatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda.
O‘zbekistonda 76 832 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 74,439 nafari tuzalgan. 613 bemor vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi