09:13 / 20.01.2021
1 970

Bayden 20 yanvardan migratsiya sohasini isloh qilishni boshlaydi

Bayden 20 yanvardan migratsiya sohasini isloh qilishni boshlaydi
Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti, demokrat Jozef Bayden migratsiya sohasini isloh qilish bo‘yicha 20 yanvar kuni Kongressga qonunchilik takliflarini taqdim etadi. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Bayden inauguratsiya kunining o‘zida migratsiya qonunchiligini keng qamrovli isloh qiladi. Huquqiy maqomga ega bo‘lmagan migrantlar uchun fuqarolikni olishning sakkiz yillik muddatini joriy etish, shuningdek, qochqinlarni qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Taklif etilayotgan paket, shuningdek, Markaziy Amerikadan migratsiya oqimining sabablarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Sakkiz yillik rejaga ko‘ra, millionlab ish izlovchilar besh yil muddatga vaqtinchalik maqomga ega bo‘ladi, keyin xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tib, soliqlarni to‘lagan taqdirda Green Card olish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu shartlarga amal qilingan taqdirda uch yildan so‘ng fuqarolik olish uchun murojaat qilishga ruxsat beriladi.

Yangi qoidalar faqat 2021 yil 1 yanvardan AQSHda bo‘lgan nomzodlarga nisbatan qo‘llaniladi. Migrantlar bolalarini himoya qilish dasturi DACA (Deferred Action for Childhood Arrivals) ishtirokchilari va tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan mamlakatlardan kelganlar darhol Green Card ariza berishlari mumkin.

DACA dasturi 2012 yilda prezident Barak Obama davrida yo‘lga qo‘yilgan. U bolalik paytidan AQSHga olib kelingan va hech qachon qonuniy immigratsion maqomiga ega bo‘lmagan 800 mingga yaqin odamni qamrab oladi. U bunday odamlarga deportatsiyadan vaqtincha himoyalanish va AQSHda ishlash uchun ruxsat olish imkoniyatini beradi.

2017 yil sentabr oyida prezident Donald Tramp administratsiyasi ushbu dasturni bekor qilgandi. Uning bunday qaroriga qarshi 15 shtat da’vo kiritgan, yirik shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden 20 yanvardan migratsiya sohasini isloh qilishni boshlaydi