Foto: «Profi-news.ru»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uning portretini mansabdor shaxslarning idoralariga ilmaslikni iltimos qildi, deya jurnalistlarga ma’lum qildi uning matbuot kotibi Galina Bayterek.
«Prezident Sadir Japarov hozirgi paytda fuqarolarimizning hayotiy faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash uchun hali hech nima qilmagan deb hisoblaydi. Shu bois u barcha davlat organlariga uning portretini idoralar va ma’muriy binolarga ilmaslikni tavsiya etadi», — dedi matbuot kotibi.
Bayterekning so‘zlariga ko‘ra, Japarov «Qirg‘iziston davlatchiligini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan» Qirg‘iziston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining birinchi raisi Yusuf Abdurahmonov yoki Respublika Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Ishoq Razzoqovning portretlarini ilganlari ma’qul deb hisoblaydi.
10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Japarov 79 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.
11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi hamda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan chin dildan tabrikladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov ikki qudasini lavozimga tayinlaganini tan oldi

Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlaridan voz kechdi

Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun shartini aytdi

Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste’foga chiqishini aytdi

Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlandi