20:30 / 04.04.2021
2 231

Fransiyada millioner Tapi va rafiqasini kaltaklab ketishdi

Fransiyada millioner Tapi va rafiqasini kaltaklab ketishdi
Foto: «Global Look Press/Alexis Sciard»
Fransiyalik millioner, siyosatchi, jamoat arbobi Bernard Tapi va uning rafiqasini 4 aprelga o‘tar kechasi o‘z uylarida kaltaklab, bog‘lab ketishdi, deya xabar berdi BFMTV.

Hodisa Parijning Komb-la-Vil kommunasida Tapining uyida sodir bo‘lgan. OAV xabar berishicha, bosqinchilar o‘g‘irlik maqsadida ularning uyiga kirishganda er-xotin uxlayotgan bo‘lishgan.

Noma’lum kimsalar tadbirkor va uning rafiqasini kaltaklab, bog‘lashgan va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular to‘rt kishi bo‘lgan.

Politsiya va qutqaruvchilarga ularning qo‘shnilari xabar berishgan. Qayd etilishicha, biznesmenning rafiqasi yengil tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. O‘zi esa shifoxonaga borishdan bosh tortgan.

Versal sud politsiyasi tergov harakatlarini boshlab yubordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada millioner Tapi va rafiqasini kaltaklab ketishdi