16:35 / 11.04.2021
2 839

Yaponiyada deputatlar homilador ayollar ahvolini tushunish uchun ikki kun davomida sun’iy qorin kiyib yurdi (video)

Yaponiyada deputatlar homilador ayollar ahvolini tushunish uchun ikki kun davomida sun’iy qorin kiyib yurdi (video)
Foto: Esquire
Yaponiyada hukmron partiyaning uch a’zosi ikki kun davomida homiladorlarga taqlidan sun’iy qorin va ko‘krak qafasi birlashtirilgan nimcha kiyib yurdi, deb yozadi Esquire.

Ushbu kiyimning og‘irligi 7,3 kilogrammni tashkil etadi. Siyosatchilar uni uxlash, ishlash va do‘konda xarid chog‘ida, umuman, ikki kun uzluksiz kiyib yurgan. Sun’iy qorinlar faqatgina hukumatning yalpi majlisi vaqtida olib tashlangan.

«Turish, o‘tirish, atrofga qarash va boshqa oddiygina harakatlarni bajarish ham qiyin edi», – deydi o‘z his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishgan siyosatchilarning biri.

Boshqa bir deputat esa qorin harakatida cheklanish va umuman, noqulaylik haqida shikoyat qilgan. «Uyda hammom tozalash, tirnoq olish kabi ishlarni bajarish ham qiyin edi», – deydi u.

Mazkur tashabbus deputat Takako Suzukiga tegishli bo‘lib, tajribaning asosiy g‘oyasi erkak deputatlar ayollarning homiladorlik bosqichida qanday qiyinchiliklarga duch kelishini tushunish edi. Rasmiylarning fikriga ko‘ra, bu homiladorlarning ish joyidagi kamsitish muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

Yaponiyada hatto maxsus «matahara» – «adolatsiz muomala» degan atama mavjud bo‘lib, homilador va farzandli bo‘lgan ayollarga nisbatan bezorilik, ishdan bo‘shatish yoki ishni tark etishga majbur qilish, psixologik bosim kabi muammolar tez-tez uchrab turadi.

Shuningdek, yapon ayollaridan biri Riye Nakamura ba’zi hamkasblari uning homiladorligini mazax qilgani va unga ko‘p masalada qarshiliklar bo‘lgani haqda ma’lum qilgan. «Bu haqda xabar berish qiyin. Ish esa barqaror kechmagan. Oxir-oqibat murosaga kelishimga to‘g‘ri keldi, chunki o‘zimni yomon his qilar edim», – deydi u.

Sun’iy qorinlar bilan o‘tkazilgan tajribani hamma ham ijobiy qabul qilmadi. Ammo karera bo‘yicha maslahatchi Asako Nixara homilador va bolali ayollar ish joyidagi ahvolni yaxshilash uchun yanada qat’iy qadamlar qo‘yilishi kerak degan fikrni bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada deputatlar homilador ayollar ahvolini tushunish uchun ikki kun davomida sun’iy qorin kiyib yurdi (video)