08:36 / 01.05.2021
6 329

Turkmaniston: prezidentning o‘g‘li ham g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi


Turkmaniston poytaxti Ashxobod va Turkmanoboddagi do‘konlarga endi faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin tashrif buyurish mumkin. Azathabar.com xabariga ko‘ra, uzundan-uzoq navbatlar Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning "imidjini tushirmoqda" ekan.

Shu munosabat bilan Turkmaniston Bosh vazirining o‘rinbosari, prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov otasi kabi g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi. Uning farmoni bilan endi do‘konlar oldidagi navbatda to‘planib turishni taqiqladi. Endi do‘konlarga faqat belgilangan vaqtda telefon orqali tashrif buyurish mumkin.

Do‘konlar yaqinida navbatda turgan fuqarolar endi yaqin atrofdagi binolarning pod’ezdlarida yashirinishga majbur bo‘lmoqda. Do‘konlar orqa eshik orqali ishlashga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiy inqiroz tufayli aholi mahsulotlar sal arzonroq bo‘lgan davlat do‘konlarida navbatda turishni boshlagan.

Ommaviy yangiliklar xizmati esa Berdimuhamedov nabirasi bilan birga yangi qo‘shiq yozganini zavq-shavq bilan xabar qilmoqda. Musiqiy kompozitsiya "Mening oppoq shahrim – Ashxobod" deb nomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston: prezidentning o‘g‘li ham g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi