10:00 / 12.05.2021
2 708

Qozonda o‘quvchini qutqarishga uringan yosh o‘qituvchi halok bo‘lgan


Kecha otishma yuz bergan Qozondagi maktabning 25 yoshli ingliz tili o‘qituvchisi Elvira Ignateva bolani qurollangan jinoyatchidan qutqarishga uringan. Oqibatda uning o‘zi qotilning qurboniga aylangan.

Fojia guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Ignateva bir bolani bosqinchidan uzoqlashtirgan. U  Ilnaz Galyaviyevning quroliga to‘sqinlik qilib, o‘quvchini himoya qilgan. Natijada o‘qituvchining o‘zi jarohat olgan va bu o‘limga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Elvira Ignateva koridorga chiqib, Galyaviyevning tasodifiy qurboniga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Elvira Ignateva 2018 yilda «Yil o‘qituvchisi» tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Yana bir jarohat olgan o‘qituvchi hozirda jonlantirish bo‘limida. Gap matematika o‘qituvchisi Mullanur Mustafin haqida ketmoqda. U birinchi bo‘lib Ilnaz Galyaviyev tomonidan otib tashlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi Qozondagi fojianing qurboniga aylangan. Ular orasida yetti nafar o‘quvchi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Venera Ayzatova ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozonda o‘quvchini qutqarishga uringan yosh o‘qituvchi halok bo‘lgan